Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 13.08.2026

1.Qanday ma’lumot yig‘amiz

Platformada quyidagi ma’lumot saqlanadi:

  • Hisob ma’lumoti: ism, telefon raqami, elektron pochta (agar kiritilsa), parolning shifrlangan izi.
  • Xodim kartochkasi: ism-familiya, telefon, lavozim, filial, ishga kirgan sana, tug‘ilgan sana va tashkilot kiritishni tanlagan boshqa maydonlar.
  • Ish ma’lumoti: davomat, smena, maosh hisobi, kassa yozuvlari, ta’til, vazifalar.
  • Texnik ma’lumot: kirish vaqti, IP manzil va qurilma turi — faqat xavfsizlik uchun.

Pasport va shunga o‘xshash hujjat ma’lumotlari maxsus maydonda saqlanmaydi. Buni ataylab shunday qildik: bunday ma’lumotni saqlash huquqiy javobgarlikni oshiradi, ish jarayoni uchun esa zarur emas.

2.Nima uchun ishlatamiz

Ma’lumot faqat Platformaning ishlashi uchun qayta ishlanadi: davomatni qayd etish, maosh hisoblash, hisobot tuzish, xabar yuborish. Reklama maqsadida ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

3.Qayerda saqlanadi

Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverda saqlanadi. Bu tanlov «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun talabidan kelib chiqadi.

Baza va ichki xizmatlar tashqi tarmoqqa ochilmaydi. Barcha ulanish HTTPS orqali shifrlanadi.

4.Kim ko‘ra oladi

Tashkilot ichida ma’lumotni faqat tegishli ruxsati bor xodim ko‘radi. Ruxsat bo‘lmasa ma’lumot serverdan umuman yuborilmaydi — interfeysda yashirib qo‘yilmaydi.

Bizning xodimlarimiz mijoz ma’lumotiga faqat texnik nosozlikni bartaraf etish uchun va mijozning so‘rovi bilan murojaat qiladi.

5.Qancha saqlanadi

  • Faol tashkilot ma’lumoti — obuna amal qilgunicha va undan keyin ham.
  • Arxivga tushirilgan tashkilot — 90 kun, keyin butunlay o‘chiriladi.
  • Zaxira nusxalar — 30 kun.
  • Audit jurnali (kim nima qildi) — standart holatda 365 kun; tashkilot bu muddatni o‘zi o‘zgartirishi mumkin.
  • Ishdan bo‘shagan xodim ma’lumoti arxivda qoladi — maosh bo‘yicha nizolarda dalil sifatida kerak bo‘ladi.

6.Sizning huquqlaringiz

  • O‘z ma’lumotingizni ko‘rish va tuzatish.
  • Butun tashkilot ma’lumotini bitta faylda yuklab olish — Sozlamalar → Tashkilot bo‘limida, istalgan vaqtda.
  • Ma’lumotni o‘chirishni so‘rash. So‘rov 30 kun ichida bajariladi.
  • Xabarnomalarni o‘chirish — Profil bo‘limida tur bo‘yicha sozlanadi.

7.Uchinchi tomon xizmatlari

Platforma quyidagi xizmatlardan foydalanadi va ularga faqat zarur ma’lumot uzatiladi:

  • Eskiz.uz — SMS yuborish uchun: telefon raqami va xabar matni.
  • Telegram — bot orqali xabar yuborish uchun: xodim o‘zi bog‘lagan chat identifikatori.
  • Payme, Click — to‘lovni qabul qilish uchun: to‘lov summasi va tashkilot identifikatori. Karta ma’lumoti bizga umuman kelmaydi.
  • Sentry — dastur xatolarini qayd etish uchun: xato matni va texnik kontekst.

8.Cookie

Platforma faqat zarur cookie va brauzer xotirasidan foydalanadi: kirish sessiyasi, tanlangan tashkilot va til. Kuzatuv (tracking) cookie’lari ishlatilmaydi.

9.Bog‘lanish

Shaxsiy ma’lumot bo‘yicha savol yoki so‘rov bo‘lsa: Telegram qo‘llab-quvvatlash.