Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 13.08.2026
1.Umumiy qoidalar
Ushbu shartlar manaTask platformasi (keyingi o‘rinlarda — «Platforma») va undan foydalanuvchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda — «Mijoz») o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali Mijoz ushbu shartlarga rozilik bildiradi.
Platforma xodimlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan: davomat, smena jadvali, maosh hisobi, kassa harakati, ta’til va vazifalar.
2.Xizmat ko‘rsatish tartibi
Ro‘yxatdan o‘tgan har bir tashkilotga 90 kunlik bepul sinov davri beriladi. Sinov davrida barcha imkoniyatlar ochiq, to‘lov kartasi talab qilinmaydi.
Sinov davri tugagach Mijoz tarifni tanlaydi. Tanlanmasa, Platforma faqat ko‘rish rejimiga o‘tadi: mavjud ma’lumot saqlanadi va ochiladi, lekin yangi yozuv qo‘shib bo‘lmaydi. Ma’lumot o‘chirilmaydi.
5 tagacha faol xodimi bo‘lgan tashkilotlar uchun bepul tarif muddatsiz amal qiladi.
3.To‘lov
Obuna oldindan to‘lanadi — oylik yoki yillik. Amaldagi narx Platformaning «Tarif» bo‘limida ko‘rsatiladi. Narx o‘zgarsa, Mijozga kamida 30 kun oldin xabar beriladi va o‘zgarish faqat keyingi to‘lov davridan kuchga kiradi.
To‘lov Payme, Click yoki bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarga hisob-faktura beriladi.
To‘langan davr tugashidan oldin obunadan voz kechilsa, foydalanilmagan kunlar uchun mablag‘ qaytarilmaydi, ammo obuna to‘langan muddat oxirigacha amal qiladi.
4.Mijozning majburiyatlari
- Kirish ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik.
- Xodimlar ma’lumotini Platformaga kiritishdan oldin ulardan qonun talab qiladigan rozilikni olish.
- Platformadan qonunga zid maqsadlarda foydalanmaslik.
- Platformaning ishiga xalaqit beradigan avtomatlashtirilgan so‘rovlar yubormaslik.
5.Bizning majburiyatlarimiz
- Platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlashga harakat qilamiz. Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida oldindan xabar beramiz.
- Ma’lumotlarning kunlik zaxira nusxasini olamiz va 30 kun saqlaymiz.
- Mijoz ma’lumotini uchinchi shaxslarga bermaymiz — qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
- Mijoz istalgan vaqtda o‘z ma’lumotini to‘liq yuklab olishi mumkin bo‘lgan imkoniyatni saqlab turamiz.
6.Ma’lumotlarga egalik
Mijoz Platformaga kiritgan barcha ma’lumot Mijozga tegishli. Biz ularni faqat xizmat ko‘rsatish uchun qayta ishlaymiz va boshqa maqsadda ishlatmaymiz.
Hisob yopilganda ma’lumot 90 kun arxivda saqlanadi va shu muddatda tiklanishi mumkin. Muddat tugagach butunlay o‘chiriladi.
7.Javobgarlikni cheklash
Platforma ish jarayonini qayd etish vositasi bo‘lib, buxgalteriya hisobi yoki soliq hisoboti o‘rnini bosmaydi. Kiritilgan ma’lumotning to‘g‘riligi va ular asosida qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlik Mijoz zimmasida.
Bizning javobgarligimiz oxirgi 12 oyda to‘langan obuna summasidan oshmaydi.
8.Shartlarni o‘zgartirish
Shartlarga o‘zgartirish kiritilsa, yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va Mijozga xabar beriladi. O‘zgarishdan keyin Platformadan foydalanishda davom etish rozilik hisoblanadi.
9.Bog‘lanish
Savollar bo‘yicha: Telegram qo‘llab-quvvatlash.